» » Ekspert: Atambayevning Qozog‘iston tanklari olib kirilishi haqidagi gaplari haqiqatdan uzoq

Ekspert: Atambayevning Qozog‘iston tanklari olib kirilishi haqidagi gaplari haqiqatdan uzoq


Prezident saylovi chog‘ida Qirg‘izistonning amaldagi rahbari Almazbek Atambayev ovoz berish uchun saylov uchastkalaridan biriga kelganida OAV bilan muloqot qildi. Muloqot chog‘ida u parlamentning sobiq spikeri Zayniddin Qurmanov Qarqira darasi masalasi hal qilinmagan taqdirda Qozog‘iston tanklarini olib kirishi mumkinligini aytganini eslatib o‘tdi. Voqea tafsilotlarini K-News keltirmoqda.

Facebook’dagi sahifasida Qurmanov prezidentning gaplariga izoh berarkan, bu axborot haqiqatga mos kelmasligini ta’kidlab o‘tdi. Qurmanovning so‘zlariga qaraganda, Qirzig‘iston va Qozog‘iston o‘rtasidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun 2008-yili imzolangan, u esa 2009-yil dekabirda spiker bo‘lgan.

Qurmanov Xitoy tanklari haqida gapirganini ta’kidlab o‘tdi:

“Ratifikatsiya qilinmagan chegara kelishuvi tufayli Qozog‘iston tanklarining olib kirilishi haqida faqat havaskor gapirishi mumkin edi, men esa unaqamasman. Men Qirg‘iziston – Xitoy chegarasi haqidagi kelishuv ratifikatsiyasi chog‘ida Xitoy tanklarining olib kirilishi haqida gapirgandim”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-10-2017, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют