» » Rossiyalik erkak mushugini qutqarish uchun Shvetsiyaga noqonuniy kirgani uchun 1 oyga qamaldi

Rossiyalik erkak mushugini qutqarish uchun Shvetsiyaga noqonuniy kirgani uchun 1 oyga qamaldi


Shvetsiyaga mushugini qutqarish uchun qaytgan Rossiya fuqarosi Tamerlan Musayev chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun bir oyga qamaldi, deb xabar beradi TJournal.

Tamerlan Musayevga 2015-yilda Shvetsiyaga kirish taqiqlangan edi.

U 2017-yilning 12-oktabrida Daniyadan Shvetsiyaga avtobusda ketayotganida qo‘lga olingan. Rossiya fuqarosi mamlakatga Boras shahridagi hayvonlar boshpanasidan mushugini olish uchun kirganini ma’lum qilgan. Musayev advokatining so‘zlariga ko‘ra, hayvon juda qo‘rqoq va notanish insonlardan qo‘rqadi.

“Men Shvetsiyaga haqiqatdan ham mushugimni olib kelish uchun borgandim. Bu harakatni jinoyat deb hisoblamayman. Men o‘z aybimga iqror bo‘la olmayman. Chunki qonunni buzdim, deb o‘ylamayman. Agar mushugim bo‘lmaganda men bu yerga kelmagan bo‘lardim”, — deydi Musayev.

Musayevning hibsga olingani haqida 22-oktabr kuni ma’lum qilingan edi. U 12-noyabr kuni ozodlikka chiqadi va shundan so‘ng Rossiyaga deport qilinadi.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют