» » Inha universiteti va O‘zbekiston harbiy kuchlar akademiyasi ta’lim va fan sohasidagi kelishuvni imzoladi

Inha universiteti va O‘zbekiston harbiy kuchlar akademiyasi ta’lim va fan sohasidagi kelishuvni imzoladi


Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Baboxo‘jayev va O‘zbekiston harbiy kuchlar akademiyasi boshlig‘i Qobul Berdiyev ta’lim va fan sohasidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kelishuvning maqsadi ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish, ta’lim, metodik va ilmiy ishlarni tashkil qilishda, shuningdek, boshqa ta’lim sohalarida samarali hamkorlik qilish uchun sharoit yaratishdir.

O‘quv muassasalari o‘quv, metodik va ilmiy adabiyotlar, didaktik va axborot-tahliliy materiallar bilan bir qatorda nashrlar bilan almashishni rejalashtirgan.

Hujjat doirasida tomonlar ma’ruzalar o‘qish, boshqa turdagi mashg‘ulotlar o‘tkazish, pedagogik mahoratni oshirish, ilg‘or texnologiyalar va pedagogik usullarini joriy etish, tadqiqotlar o‘tkazish uslubining yangi texnikasini o‘zlashtirish, ilmiy kadrlarni tayyorlashda o‘zaro yordam ko‘rsatish uchun professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar bilan almashadi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют