» » Makro Toshkentdagi maktabni kapital rekonstruksiya qildi

Makro Toshkentdagi maktabni kapital rekonstruksiya qildi


Toshkentda 10-noyabr kuni 29-umumta’lim maktabining ochilishi bo‘lib o‘tdi. O‘quv yilining ikkinchi choragidan boshlab 1100 dan ortiq o‘quvchi yangilangan maktabda o‘qishni boshladi.

1979-yilda qurilgan maktab dastlab faqat bir binodan iborat edi, oradan besh yil o‘tib ikkinchi bino qurilgan.

Shundan beri maktabning faqat birinchi binosi davlat investitsiya dasturi doirasida ta’mirdan chiqarilgan, qolgan qismi esa katta ta’mirga muhtoj edi.

Makro supermarketlari tarmog‘i ma’muriyati, ijtimoiy mas’uliyatini his qilgani holda, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha loyihani amalga oshirishda yordam berdi. Shu bois yoz oxirida butun maktabni ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Qisqa muddat — ikki oy mobaynida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi:

“Maktab jamiyatimiz kelajagi, yoshlarning shaxs bo‘lib shakillanishida muhim bir bosqichga ega joy hisoblanadi. Zarur bilimlarni olish uchun bolalarda yetarlicha sharoit bo‘lishi kerak. Mamlakatdagi barcha maktablarning jihozlanishi va texnik holati bilan bog‘liq masalalarni, afsuski, bir kecha-kunduzda hal qilish mumkin emas, ammo davlatimiz bilan birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali mavjud vaziyatni o‘zgartirishimiz mumkin”, — deb ishonadi Makro tarmog‘i ma’muriyati.

O‘quvchilarni yana boshqa xushxabarlar ham kutmoqda. Endi maktab o‘quvchilari geografiya, tarix, ingliz tili, informatika va iqtisod to‘garaklariga bepul bepul qatnashi mumkin. Maktab va O‘zbekiston milliy universiteti o‘rtasida bitim tuzilib, unga ko‘ra universitet o‘qituvchilari o‘z bilimlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘quvchilar hamda maktab o‘qituvchilari bilan bo‘lishib, o‘zaro tajriba almashib, maktabning umumiy o‘quv tizimi darajasini oshiradi.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (10-11-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют