» » Samarqandlik erkak fohishalar haqidagi ma’lumotlar bazasini O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘ldi

Samarqandlik erkak fohishalar haqidagi ma’lumotlar bazasini O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘ldi


“Samarqand” xalqaro bojxona posti xodimlari pornografik mahsulotlar, shuningdek, fohishalar haqidagi ma’lumotlar bazasi mamlakatga olib kirilishining oldini oldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Samarqand xalqaro aeroporti bojxona posti xodimlarining professional qiziqish va shubhasini 1-sentabrda “Sheremetyevo – Samarqand” aviareysi bilan uchib kelgan yo‘lovchining xatti-harakatlari o‘ziga tortdi.

Samarqand shahrining “Bog‘imaydon” mahallasida istiqomat qiluvchi 34 yoshli Sanatilloyev Mullabaxodur Baxtiyor o‘g‘li bojxona nazoratidan o‘tish vaqtida bojxona xodimlariga oz miqdorda mavjud Rossiya rubli va Ukraina grivnalarini ko‘rsatgan holda shaxsan o‘zi tomonidan to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini taqdim etdi.

“Eng qizig‘i bojxona xodimi Sanatilloyevdan qo‘l yukida O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishi taqiqlangan tovar yoki materiallarning bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi so‘rovdan so‘ng boshlandi”, — deyiladi xabarnomada.

Aytilishicha, bojxona xodimlari bilan o‘zbek tilida erkin muloqot olib borayotgan Sanatilloyev to‘satdan o‘zbek tilini bilmasligini va tushunmasligini hamda u bilan faqat rus tilida muloqot olib borishni talab qildi. Bundan tashqari, qo‘l yukida mavjud yuklarni tekshiruvdan o‘tkazish talabiga qat’iyan rad javobini berdi. Axiyri uning qo‘l yuki hamda bagaji Sanatilloyevning o‘zi va ikki xolis guvohlar ishtirokida tekshirildi. Bagaj tekshiruvi davomida, deklaratsiyada ko‘rsatilmagan ikkita uyali telefon, netbuk, flesh-karta,qadoqlangan uy anjomlari (blender, multivarka) va boshqa tovarlar mavjudligi aniqlandi.

Yo‘lovchining flesh-kartasi o‘rganilganda pornografik mazmunda sahnalashtirilgan 3935 ta ayollar fotosuratlari qayd etilganligi aniqlandi. Bundan tashqari, fotosuratlarga ilova tariqasida Rossiya poytaxtida fohishabozlik yoki majburiy fohishabozlik bilan shug‘ullanuvchi ayollarning ism-shariflari, telefon raqamlari va yashash manzillari to‘liq elektron ma’lumotlar bazasi biriktirilgan edi.

Mavjud telefon raqamlari bo‘yicha internet tarmog‘idagi birinchi qidiruvning o‘ziyoq “Flirt” nomli Rossiya jurnali to‘g‘risidagi ma’lumotni berdi. Uning nashriyotchisi Zyablitsev Dmitriy Lvovich Moskvada fohishabozlik bilan shug‘ullanishni tashkil etish holati bo‘yicha aybdor deb topilgani aniqlandi.

Samarqand tumani Ma’muriy sudining 30-oktabrdagi qaroriga muvofiq, Sanatilloyev M.B. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 189 va 227-22-moddalarida ko‘zda tutilgan huqubuzarlik sodir etishda aybdor deb topildi. Huquqbuzarga eng kam oylik ish haqining besh barobari miqdorida (748875 so‘m) jarima solindi. Olib qo‘yilgan 4 754000 so‘mlik tovarlar davlat foydasiga musodara qilindi.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют