» » Pentagon: AQSh Suriya kurdlarini qurol bilan ta’minlashni to‘xtatgani yo‘q

Pentagon: AQSh Suriya kurdlarini qurol bilan ta’minlashni to‘xtatgani yo‘q


AQSh Mudofaa vazirligi IShID guruhi jangarilari bilan kurash olib borayotgan “Demokratik Suriya kuchlari” kurd otryadlarini hozir ham qurol bilan ta’minlamoqda. Bu haqda 27-noyabr, dushanba kuni Pentagon rasmiy vakili Robert Menning jurnalistlar uchun brifingda ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Uning so‘zlariga qaraganda, mudofaa vazirligi kurd hamkorlariga harbiy ko‘mak ko‘rsatishdagi ustuvor vazifalarni o‘zgartirish ehtimolini ko‘rib chiqishga kirishgan. “Asosiysi, IShID jangarilarining Suriya hududiga qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik”, — deya ta’kidlaydi polkovnik.

“Avval boshdanoq Turkiyaga kurd otryadlariga qurol yetkazish cheklangan, missiya aniq ekanligini tushunish imkonini berdik va oldimizga qo‘yilgan vazifani amalga oshirish — IShID jangarilarini yo‘q qilish uchun asta-sekin qurol yetkazishni oshirib bordik”, — deya qo‘shimcha qildi Menning.

Turkiya TIV rahbari o‘tgan juma, 24-noyabr kuni prezident Donald Tramp turk hamkasbi Toyyib Erdo‘g‘onga telefon orqali suhbat davomida Suriyadagi kurd otryadlariga qurol yetkazishni uzil-kesil to‘xtatishga va’da berganligini ma’lum qilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют