» » Rossiya matbuoti O‘zbekiston Rossiyadan 12 ta Mi-35 vertolyoti sotib olishini xabar qildi

Rossiya matbuoti O‘zbekiston Rossiyadan 12 ta Mi-35 vertolyoti sotib olishini xabar qildi


O‘zbekiston Rossiyaning “Rosoboroneksport” davlat korporatsiyasi bilan 12 ta Mi-35 hujumkor vertolyotini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Rossiyaning qator axborot kanallari, xususan, “RIA Novosti” agentligi yozdi.

“Mi-35 vertolyotlari masalasiga nuqta qo‘yildi. Barcha shartlar kelishib olindi, 12 vertolyot uchun shartnoma imzolandi, 2018-yili yetkazib berishni boshlaymiz”, — ma’lum qildi agentlikning suhbatdoshi.

Vertolyotlar O‘zbekiston harbiy-havo kuchlari ehtiyojlari uchun xarid qilinayotgani aytilmoqda.

Manbaga ko‘ra, shartnoma Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlariga ko‘ra imzolangan.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют