» »  Xitoy kompaniyasi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 500 million dollarlik sarmoya kiritadi

 Xitoy kompaniyasi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 500 million dollarlik sarmoya kiritadi


Xitoyning eng yirik kompaniyalarining biri O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasiga yarim milliard dollarlik investitsiya kiritish bo‘yicha bitim imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “Oziq-ovqat xolding” vakillari xabar berdi.

5—12-dekabr kunlari Xitoyning Xenan provinsiyasidagi Wanbang kompaniyasining rahbariyati O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Baxtiyor Saidovning tavsiyasi bilan O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Wanbang kompaniyasi Jengjou shahrida 40000 kvadrat metr maydonda joylashgan, ulgurji savdoga mo‘ljallangan eng yirik oziq-ovqat logistika markazini barpo etgan.

Xitoy oziq-ovqat bozorining 37 foizini egallagan ushbu kompaniya vakillari Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida bo‘lib, O‘zbekiston bilan hamkorlik rishtalarini rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi. O‘zbekiston va XXR hamkorligining kordinator vakili “Oziq-ovqat xolding”ning Xitoy yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Dilshod Mullabayevning taklifi va kompaniya rahbariyatining xayrixohligi bilan qishloq xo‘jaligi, jumladan,chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish, ko‘paytirish, qayta ishlash va qadoqlash bo‘yicha hamda tayyor mahsulotlarni eksport, import va qayta eksport qilish kabi yo‘nalishlarda 15 dan ortiq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga imzo chekildi.

Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 500 million dollarlik investitsiyalar jalb qilinadi. Ushbu kelishuv Henan Wanbang Selected Supply Chain Management Co.Ltd, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va “Oziq-ovqat xolding” o‘rtasida imzolandi.

Imzolangan kelishuvga asosan, O‘zbekistonning erkin iqtisodiy zonalarida 10 000 gektarlik hududga logistika markazlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash obyektlarini barpo etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda yetishtirilgan 100 000 tonna moshning Xitoyga eksport qilinishi ko‘zda tutilgan.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют