» » Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” klubiga portugaliyalik Vitor Pereyra bosh murabbiy bo‘ldi

Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” klubiga portugaliyalik Vitor Pereyra bosh murabbiy bo‘ldi


Portugaliyalik mutaxassis Andre Villash-Boash o‘z xohishi bilan iste’foga chiqqan Xitoyning “Shanxay SIPG” futbol klubini, endi boshqa bir portugaliyalik Vitor Pereyra boshqaradigan bo‘ldi.

“Olamsport” nashining qayd etishicha, murabbiy bilan shartnoma qanchaga mo‘ljallangani va uning shartlari hozircha ma’lum emas. Pereyra murabbiylik faoliyatini 1999-yilda boshlagan bo‘lib, 2013-yilga qadar Portugaliya klublarini boshqargan. Keyin Saudiyaning “Al-Ahli” klubi bilan bir yillik kelishuvga erishgan. U, shuningdek, Gretsiyaning “Olimpiakos”, Turkiyaning “Fenerbaxche”, Germaniyaning “Myunxen-1860” klublarini boshqargan.

Vitor Pereyra boshqaruvida “Portu” ketma-ket ikki mavsum Portugaliya chempionligini qo‘lga kiritgan. 2011 va 2012-yillarda esa mamlakat Superkubogida zafar quchgan. Murabbiy, shuningdek, Gretsiyaning “Olimpiakos” klubi bilan mamlakat chempionligini va kubogiga erishgan. U ayni vaqtda 49 yoshda.

Mutaxassis endilikda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov, braziliyalik futbolchilar Oskar, Xalk hamda Elkesen kabi legionerlarga ustozlik qiladi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют