» » Jahon Chempionatida g‘olib bo‘lgan Doston Yoqubov O‘zbekiston hukumatidan 12 ming AQSh dollari oladi

Jahon Chempionatida g‘olib bo‘lgan Doston Yoqubov O‘zbekiston hukumatidan 12 ming AQSh dollari oladi


Og‘ir atletika bo‘yicha Jahon Chempionatida medallarga ega chiqqan o‘zbekistonlik sportchilar mamlakat hukumati tomonidan rag‘batlantiriladi. Bu haqda “Olamsport” nashri UzNews’ga asoslanib ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShning Anaxaym shahrida o‘tgan Jahon Chempionatida sovrindor bo‘lgan og‘ir atletikachilarni rag‘batlantirish borasidagi farmonga imzo chekkan. Barcha raqiblaridan yaxshiroq natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan Doston Yoqubovga 12 ming AQSh dollari nasib qiladi.

Chempionatni kumush medal bilan yakunlagan Farhod Sobirov hamda Ivan Yefremovga 6 ming dollardan in’om etiladi. Adhamjon Ergashev esa qo‘lga kiritgan bronzasi uchun 3 ming dollarni o‘ziniki qilib oladi.

O‘zbekiston termasi AQSh mezbonligida o‘tgan Jahon Chempionatini umumjamoa hisobida kuchli uchlikda yakunlagandi. Bunday marra mamlakat og‘ir atletikasi tarixida ilk bor zabt etildi. Faqatgina Eron va Janubiy Koreya atletlarigina O‘zbekistondan yaxshi natija qayd eta oldi xolos.

Опубликовано: admin (1-01-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют