» » Xitoy 2018-yilda koinotga 35 ta parvozni amalga oshiradi

Xitoy 2018-yilda koinotga 35 ta parvozni amalga oshiradi


Xitoy 2018-yilda koinotga 35 ta parvozni amalga oshiradi. Bu haqda mamlakat aerokoinot fani va texnikasi korporatsiyasi (CASC) ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Bu Xitoy koinot dasturi uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Taqqoslash uchun, 2017-yilda mamlakatda 16 ta koinotga parvoz amalga oshirilgandi.

2018-yilda ko‘plab loyihalar hal qiluvchi bosqichga kirishi kutilmoqda. Jumladan, gap Oyning ort tarafida ilk yengil qo‘nish va u yerdan retranslyator orqali Yer bilan aloqa bog‘lanishni ko‘zda tutuvchi “Chan’e-4” qurilmasi missiyasi haqida ketmoqda.

Joriy yilda 18 ta yangi, uchinchi avlod “Beydou” sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, “Chanchjen-5” turkumidagi og‘ir raketalarni uchirilishi ham 2018-yildagi voqealardan bo‘ladi. Ushbu raketalar 2022-yilda foydalanishga topshiriladigan milliy orbital stansiyaning har biri 20 tonna bo‘lgan modullarini koinotga olib chiqishi mo‘ljallangan.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют