» » Xitoy kompaniyasi “Sharg‘unko‘mir”ni modernizatsiya qilishga 105,5 million dollar yo‘naltiradi

Xitoy kompaniyasi “Sharg‘unko‘mir”ni modernizatsiya qilishga 105,5 million dollar yo‘naltiradi


Xitoyning China Railway Tunnel Group kompaniyasi “Sharg‘unko‘mir” AJni yiliga 900 ming tonnagacha toshko‘mir qazib chiqarishga yetkazgan holda uni modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshiradi, deb xabar berdi “Kommersant.uz”.

Unga ko‘ra, xitoylik mutaxassislar eski 10-shaxtaning yopilib qolgan 1500 metr masofadagi qismini tozalash, yana qo‘shimcha 2227 metr tunnel qismini qazish ishlarini olib boradi. Shu bilan birga 6-shaxtani qazish va uni 10-shaxta bilan tutashtirish ishlarini amalga oshiradi.

Loyihaning umumiy qiymati 105,5 million AQSh dollarini tashkil etadi. Bunyodkorlik ishlarini 2020-yilning birinchi choragida yakunlab, ko‘mir qazib olishni boshlash rejalashtirilgan. Buning natijasida qo‘shimcha 450—500 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Yangi texnika va texnologiyalar joriy etiladi. Xorijdan eng zamonaviy, yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan ko‘mir qazish uskunasi olib kelinadi.

“Sharg‘unko‘mir” aktsiyadorlik jamiyati mahsulotlarini xalk xo‘jaligiga o‘z vaqtida yetkazib berish, ish unumini yanada oshirish maqsadida tashish xizmatlariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, bu yerda umumiy uzunligi 20 kilometr bo‘lgan yangi temir yo‘llar yotqiziladi. Shu bilan birga mavjud magistrallar qaytadan rekonstruktsiya qilinadi.

Sharg‘un ko‘mir koni eng boy zaxiraga ega maskan hisoblanib, undagi xomashyo hajmi hisob-kitoblarga qaraganda 33 million tonnadan ortiqni tashkil etadi. Boysundagi konining zaxirasi esa mutaxassislar tomonidan 29 million tonnadan ortiq deb baholangan. Hozirda korxonada 500 nafarga yaqin konchilar mehnat qilishyotgan bo‘lsa, modernizatsiya ishlaridan so‘ng bu ko‘rsatkich yana shunchaga ortadi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют