» » Farg‘ona orqali xorijga 1,2 mlrd so‘mlik tilla quymalarni olib chiqishga uringan shaxslar qo‘lga olindi (video)

Farg‘ona orqali xorijga 1,2 mlrd so‘mlik tilla quymalarni olib chiqishga uringan shaxslar qo‘lga olindi (video)


Qirg‘iziston bilan chegaradosh Farg‘ona tumanida bojxonachilar tomonidan umumiy narxi salkam 1 milliard 200 million so‘mlik tilla quymalarni xorijga olib chiqib ketilishining oldi olindi. Bu haqdagi lavha “Toshkent” telekanalining “Poytaxt-vaziyat” ko‘rsatuvida namoyish etildi.

Farg‘ona viloyati Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Akbarjon To‘rayev salkam 4,8 kg og‘irlikdagi 6 ta tilla quymasini Nodirjon Karimovga berayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Akbarjon To‘rayev tilla quymalarni Nexia avtomobili o‘rindig‘i ostiga yashirgan.

Surishtiruv davomida qiymati salkam 1 200 000 000 so‘mlik 6 ta quyma tilla bo‘laklari respublikadan olib chiqib ketish uchun mo‘ljallangani aniqlandi. Hozirda ushbu holat bo‘yicha bojxona tekshiruvlari va surishtiruvlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 182-moddasi 2-qismi a-bandidagi (Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini juda ko‘p miqdorda buzish) jinoyatni sodir etgan shaxs eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют