» » Tebinbuloq koni negizida tog‘-metallurgiya kompleksi quriladi

Tebinbuloq koni negizida tog‘-metallurgiya kompleksi quriladi


O‘zbekiston Prezidenti “Tebinbuloq koni negizida tog‘-metallurgiya kompleksi qurilishi loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb yozadi UzDaily.

Unga muvofiq, Tebinbuloq koni bazasida yiliga 1 million tonnagacha po‘lat mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega tog‘-metallurgiya kompleksini qurishga doir investitsion loyiha amalga oshiriladi. Loyihada quyma temir va po‘lat olishda nodomen texnologiyani qo‘llash ko‘zda tutiladi.

Bir oy muddatda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tuzilmasida Tebinbuloq koni negizida tog‘-metallurgiya kompleksi qurilishi Direksiyasi tashkil qilinadi. Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi 2018-yilning 1-apreliga qadar loyihani amalga oshirishni moliyalashtiruvchi aniq manbalar bo‘yicha taklif kiritishi kerak bo‘ladi.

Direksiyaning xarajatlarini moliyalashtirish “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab berildi.

“Tebinbuloq koni bazasida tog‘-metallurgiya kompleksi qurilishi” loyihasini amalga oshirishga doir ishlarni tashkil qilish bo‘yicha Ishchi komissiya tuziladi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘zinjiniring” Respublika loyihaviy instituti bilan hamkorlikda 2018-yilning 30-dekabriga qadar Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga “Tebinbuloq koni bazasida tog‘-metallurgiya kompleksining qurilishi” loyihasining belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va muvofiqlashtirilgan texnik-iqtisodiy hujjati kiritilishi kerak.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasining yer resurslari, geodeziya, kartografiya va kadastr Davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi bilan yer uchastkalarini ajratish va shu munosabat bilan mahalliy budjet va boshqa manbalar vositalari hisobidan kompensatsiyalar taqdim etilishini (fermer xo‘jaliklari ko‘rgan zararlar, kesilgan daraxtlar va aholining ko‘chirilishi sababli) ta’minlaydi.

Loyiha 2020-yilning 1-yanvariga qadar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют