» » Surxondaryoda bir guruh paxta sanoati xodimlari ustidan jinoiy ish ochildi

Surxondaryoda bir guruh paxta sanoati xodimlari ustidan jinoiy ish ochildi


Surxondaryoda “Angor paxta tozalash” AJ bosh direktori Toshtemir Xolboyev, mazkur aksiyadorlik jamiyati 2-zona tovarshunoslari Murod Allamurodov va G‘anisher Madaminovlar, nazoratchi Sirojiddin Arapov, sifat laboratoriyasi xodimi Rustam Ashurov, shuningdek, “Surxonoziqovqatsanoati” AJ vakili Alisher Nazarov qo‘lga olindi, deb yozadi “Xalq so‘zi” gazetasi.

Huquq tartibot organlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbir chog‘ida yuk xatlarini soxtalashtirish yo‘li bilan chigit mahsulotlarini talon-taroj qilayotganlar “tumshuqlaridan ilindi”. Ulardan noqonuniy ravishda olib ketilayotgan 48 219 kilogramm texnik chigit daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Bundan tashqari, “Angor paxta tozalash” AJ mansabdor shaxslari 2017-yil paxta mavsumida fermer xo‘jaliklariga 204 730 kilogramm paxta xom ashyosini qo‘shib yozganligi aniqlandi. Ushbu holatlar bo‘yicha T. Xolboyev, M. Allamurotov, S. Arapov, R. Ashurov, G. Madaminov, A. Nazarovlar, shuningdek, X. Chorshanbiyev va A. Eshqobilovlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют