» » Shavkat Mirziyoyev: Hozirda loyihalashtirish institutlarining maqsadi loyiha qiymatini baland ko‘rsatib, undan foyda olish bo‘lib qolgan

Shavkat Mirziyoyev: Hozirda loyihalashtirish institutlarining maqsadi loyiha qiymatini baland ko‘rsatib, undan foyda olish bo‘lib qolgan


Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yil 17-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish bo‘yicha joriy etilgan yangi tartib asosida ishlarni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Yig‘ilishda investitsiya loyihalarini iqtisodiy, moliyaviy va texnologik asoslangan holda ishlab chiqishda loyiha institutlarining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.

“Amaldagi loyiha ishlarini bajarish qoidalari o‘tgan asrning 60—70-yillarida ishlab chiqilgan bo‘lib, zamonaviy talablarga mutlaqo javob bermaydi. Shu paytgacha xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda birorta ham yangi loyiha instituti yaratilmagan. Hududlarda bugungi talablarga javob beradigan loyihalashtirish tashkilotlari yo‘q.

Hozirda loyihalashtirish institutlarining asosiy maqsadi loyiha qiymatini baland qilib ko‘rsatib, undan tegishli yuqori foizli foyda olish bo‘lib qolgan. Bugun bularning barchasiga barham beradigan vaqt keldi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

“O‘zInjiniring” loyihalashtirish tashkiloti iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini loyihalashtirgani kabi, qolgan xo‘jalik birlashmalarida ham huddi shunday mutasaddi yuqori malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan ixtisoslashgan loyiha institutlari bo‘lishi kerak.

Ma’lumki, loyihani amalga oshirish guruhlariga to‘lanadigan oylik xarajatlari loyihaning umumiy qiymatidan olinadi. Ya’ni ushbu guruhlar muayyan loyihani qanchalik kech ishga tushirsa, shuncha ko‘p manfaat ko‘radi. Bu esa, o‘z navbatida, loyiha narxining sun’iy ravishda oshishiga olib keladi.

Yig‘ilishda loyihalashtirish ishlarini takomillashtirish, yangi loyiha institutlarini tashkil etish, qurilish-loyiha hujjatlarini tayyorlash va ekspertiza qilishning mutlaqo yangicha mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Ilgari qarz, kredit va grant mablag‘larini jalb qilish va ulardan foydalanish borasidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha idoralararo kengash tomonidan tashkil etilardi. Bu vakolatli davlat organlarining mas’uliyati va tashabbuskorligini pasaytirib, ortiqcha byurokratik tartib-taomillar va xarajatlarga olib kelardi.

Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 20-dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida davlat boshqaruvi organlarining yetakchi xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha vakolatlari aniq belgilab qo‘yildi. Barcha darajadagi hokimliklar ushbu davlat organlari bilan birgalikda ish olib boradi.

Bundan keyin Investitsiya dasturi kabi Rivojlanish davlat dasturiga ham puxta ishlanmagan, moliyaviy manbasi va egasi aniq bo‘lmagan, faqatgina bitimlarda qolib ketadigan loyihalarni kiritish amaliyoti takrorlansa, tegishli rahbarlar qonun oldida javob beradi.

Yig‘ilishda budjet va investitsiya mablag‘laridan oqilona foydalanish, moliyalashtirish bazasini kengaytirish, soliq imtiyozlari tizimini takomillashtirish va boshqa masalalar muhokama qilindi. Mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют