» » Rossiya Davlat dumasi xususiy harbiy kompaniyalarni legallashtiruvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi

Rossiya Davlat dumasi xususiy harbiy kompaniyalarni legallashtiruvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi


Rossiya Davlat dumasiga bir oy ichida xususiy harbiy kompaniyalarni legallashtiruvchi qonun loyihasi kiritiladi. Bu haqda dumaning davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mixail Yemelyanov ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.

“Qonun xususiy harbiy kompaniyalar hodimlarini xorijdagi aksilterror operatsiyalari, ittifoqdosh davlatlarni tashqi tajovuzdan himoya etish, turli ob’ektlar, xususan, neft va gaz konlari, temir yo‘llarni qo‘riqlashga jalb etish imkonini beradi”, — ta’kidladi Yemelyanov. 

Hujjatda mazkur kompaniyalar faoliyatiga cheklovlar o‘rnatilishi ham ko‘zda tutilgan. Jumladan, ularga davlatlar suverenitetini buzish va chegaralarini o‘zgartirish, qonuniy hokimiyat idoralarini ag‘darish, qo‘poruvchilik, ommaviy qirg‘in qurollari yaratish, xarid qilish yoki saqlash man etiladi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют