» » So‘rovnoma: 2017-yilda erishilgan natijalardan aholi qoniqdimi?

So‘rovnoma: 2017-yilda erishilgan natijalardan aholi qoniqdimi?


“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “O‘zbekiston: jamoatchilik fikri – 2017” sotsiologik tadqiqotini o‘tkazdi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadqiqotni o‘tkazish jarayonida o‘zbekistonliklarning mamlakat va jamiyat hayotining turli tarmoqlari va sohalarida yuz berayotgan o‘zgarishlarga munosabati aniqlandi, fuqarolar tomonidan viloyatlar, mintaqalar va umuman mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolga baho berildi, shuningdek, mamlakatda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da erishilgan natijalardan aholining qoniqqanlik darajasi aniqlandi. Fuqarolarning mutlaq ko‘pchiligi, ya’ni 94,9%i mamlakatdagi joriy ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni barqaror, deb baholaydi.

Fuqarolar olib borilayotgan ichki va tashqi siyosat mamlakatning yanada iqtisodiy o‘sishiga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga, mahsulot ishlab chiqarishning ko‘payishiga, aholi daromadlari va farovonligining oshishiga, jahon jamoatchiligi o‘rtasida mamlakat obro‘sining o‘sishiga yordam berishiga ishonadi.

“O‘zbekiston: jamoatchilik fikri” sotsiologik tadqiqoti 1998-yildan beri doimiy monitoring tartibida o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu axborot-tahliliy ma’ruzada mamlakatda o‘tkazilayotgan demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar doirasida 2015—2017- yillardagi jamoatchilik fikri so‘rovlarining qiyosiy natijalari va yakuniy ko‘rsatkichlari taqdim etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют