» » Donald Tramp chet elliklarni kuzatishga ruxsat beradigan qonunni uzaytirdi

Donald Tramp chet elliklarni kuzatishga ruxsat beradigan qonunni uzaytirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp chet elliklarni bevosita kuzatishni davom ettirishga ruxsat beradigan hujjatni imzoladi. Bu haqda prezident o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi, deb xabar berdi “Rambler”.

“Hozirgina tashqi razvedka ma’lumotlarini to‘plash haqidagi 702-sonli hujjatga imzo chekdim”, — deb yozadi Tramp.

Donald Trampning qo‘shimcha qilishicha, u mamlakat uchun zarur bo‘lgan ishlarni bajaradi va fuqarolarning himoyasini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Shuningdek, ushbu qonun saylov vaqtida qattiq tanqidlarga uchragan qonundan farq qiladi.

Amerika maxsus xizmatlarining keng ko‘lamli kuzatuv dasturlari 2013-yili MRBning sobiq xodimi Edvard Snouden tomonidan fosh etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют