» » O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Namanganda yo‘l kira oshishi sababiga izoh berdi

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Namanganda yo‘l kira oshishi sababiga izoh berdi


Namangan viloyatida 2018-yil 8-yanvardan boshlab yo‘l haqi 1 kilometr masofa uchun avtobuslarga 70 so‘m, yo‘nalishli taksilarga 80 so‘m etib belgilandi, deb xabar beradi O‘zA.

Qayd etilishicha, viloyatda shahar atrofi va viloyat ichi — shaharlararo yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashish tariflari oxirgi marta 2014-yil 5-avgustda belgilangan bo‘lib, 1 kilometr masofaga avtobuslarda 45 so‘mni, yo‘nalishli taksilarda 60 so‘mni tashkil qilar edi.

Shahar atrofi va viloyat ichi — shaharlararo yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini joylashtirish bo‘yicha tenderlarni tashkil etish va o‘tkazish komissiyasining Namanganda o‘tkazilgan yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda yo‘lovchi tashish transporti parki asosan siqilgan tabiiy gazga moslashtirilgan bo‘lib, 2014-yildan beri ushbu yonilg‘ining bir 1 kubometri narxi 950 so‘mdan 1700 so‘mga oshdi.

“O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, 2017-yil sentabr oyidan erkin valyuta konvertatsiyasi joriy etilgani munosabati bilan transport vositalarining chetdan olib kelinadigan ehtiyot qismlari qimmatlashgan”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 17:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют