» » “G‘ishtko‘prik” kompleksida 17,5 mln so‘mlik tarixiy buyumlar to‘xtatib qolindi

“G‘ishtko‘prik” kompleksida 17,5 mln so‘mlik tarixiy buyumlar to‘xtatib qolindi


Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G‘ishtko‘prik” chegara-bojxona kompleksida qo‘shni davlatga yo‘l olgan N.Ismailovaning qo‘l yuki bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, nazorat-rentgen apparatida shubhali tasvirlar ko‘rindi. Bu haqda boshqarma axborot xizmati xabar berdi.

Yuk xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, unda 1800—1956-yillar oralig‘ida zarb qilingan 886 dona tanga, 244 dona qadimiy, 1140 dona mis va bir dona arab tilida zarb qilingan kumush tanga borligi aniqlandi.

N.Ismoilova sobiq Ittifoq davriga oid 5 turdagi 69 dona orden va medallar hamda 3 ta mukofotni tasdiqlovchi guvohnomani ham olib chiqishga uringan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ularning taxminiy qiymati salkam 17,5 million so‘mni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, 2017-yilda respublika bojxonachilari tomonidan aniqlangan 67 ta qonunbuzarlik natijasida 8276 dona noyob tarixiy va madaniy boyliklar noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют