» » 2018-yilda 310 ta tibbiyot muassasasini qurish va rekonstruksiya qilishga 800 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi

2018-yilda 310 ta tibbiyot muassasasini qurish va rekonstruksiya qilishga 800 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi


2018-yilda O‘zbekistonda 310 ta tibbiyot muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlashga 803,6 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Bu o‘tgan yilga nisbatan 45 foizga ko‘p demakdir. 2017-yilda sog‘liqni saqlash tizimida 181 ta davolash-profilaktika muassasasida 552,6 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilgan edi.

Yanvarda tibbiyot OTMlarining 1811 nafar bitiruvchisi umumiy amaliyot shifokori sifatida ishga joylashdi. Bu Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi vakant o‘rinlarini to‘liq qoplashga imkon berdi.

Bundan tashqari, klinik ordinatura ikkinchi bosqichini tamomlagan 926 nafar bitiruvchi tor mutaxassislik bo‘yicha faoliyatini boshladi.

Joriy yilda umumiy amaliyot shifokorlari uchun 82 foizi, tor mutaxassislik bo‘yicha esa 55 foiz vakant o‘rinlar to‘ldiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют