» » Venesuelada prezident saylovi 20-mayga ko‘chirildi

Venesuelada prezident saylovi 20-mayga ko‘chirildi


Venesuela milliy saylov kengashi rahbari Tibisay Lusena prezident saylovlari 20-mayga ko‘chirilishini e’lon qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Avvalroq saylov 22-aprelga rejalashtirilgan, ammo keyinroq hukumat saylov o‘tkaziladigan sana sifatida mayning ikkinchi yarmini aytib, kuniga aniqlik kiritmagan edi.

Prezident saylovi bilan birga, shtatlar va munitsipalitetlar qonun chiqaruvchi kengashlari deputatlari saylovlari ham bo‘lib o‘tadi.

Nikolas Maduro 2-fevral kuni Yagona sotsialistik partiya yig‘ilishida prezidentlik lavozimiga nomzod sifatida rasman e’lon qilindi. U g‘alaba qozongan taqdirda mamlakat iqtisodiy tizimini mustahkamlashga qaratilgan siyosat yuritishda davom etishini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют