» » Uzbek Tigers endi Kolumbiyaga safar etadi. Ayni vaqtda O‘zbekiston klubi Cuba Domadores bilan bir xilda ochkoga ega

Uzbek Tigers endi Kolumbiyaga safar etadi. Ayni vaqtda O‘zbekiston klubi Cuba Domadores bilan bir xilda ochkoga ega


WSB boks musobaqasining Toshkentda kechgan ketma-ket ikki turini g‘alaba bilan yakunlagan Uzbek Tigers 23-mart kuni Kolumbiya ringlarida ko‘rinish beradi.

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari WSB’ning 2018-yilgi mavsumini Kubada boshlab, Cuba Domadores klubidan 0:5 hisobida yengilgandi. Keyin esa kubaliklar Toshkentda mag‘lub etildi — 4:1.

3-turda Kolumbiyaning Colombia Heroicos jamoasi ham 4:1 hisobida taslim qilingandi. Endi C2 bokschilar, ya’ni, Toshkentda ringga chiqmagan qolgan 5 ta vazn toifasi vakillar Kolumbiyada jang qiladi.

Turnir jadvalida Kuba va O‘zbekiston jamoalari 6 tadan ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Venesuela hamda Kolumbiya jamoalari keyingi o‘rindan joy olgan. WSB doirasida o‘zbekistonliklar hozircha jami 15 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 8 tasida zafar quchgan va 7 tasida imkoniyat boy berilgan. Kubada esa 11 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют