» » APL 29-turi koreyalik futbolchilar uchun ataldi. “Tottenhem” va “Liverpul”da ishonchli g‘alaba. Bugun esa “Siti” — “Chelsi” o‘yini

APL 29-turi koreyalik futbolchilar uchun ataldi. “Tottenhem” va “Liverpul”da ishonchli g‘alaba. Bugun esa “Siti” — “Chelsi” o‘yini


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasining 29-turida vitse-chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Tottenhem” va “Liverpul” futbolchilari ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.

“Shporlar” safida koreyalik Son Xyon Min dublga erishdi. Avvaliga Dele Alli, keyin esa Harri Keyn paslaridan so‘ng Son gollar urdi. Shu kuni “Suonsi” safida harakat qilayotgan boshqa bir koreyalik Ki Sun Yon ham o‘z nomiga gol yozib qo‘ygani e’tiborga molik.

“Liverpul” safida esa doimgidek Muhammad Saloh va Sadio Mane raqib darvozasiga yo‘l topishga erishdi. Bugun turning markaziy o‘yini Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi. Unda amaldagi chempion “Chelsi”, bu mavsum chempionligi uchun asosiy da’vogar bo‘lgan “Siti” mehmoni bo‘ladi.

Angliya Premyer-Ligasi

29-tur bellashuvlari

3-mart, shanba

Gollar: Jenk Tosun, 20 (0:1). Eshli Barns, 56 (1:1). Kris Vud, 80 (2:1).

Chetlatish: Eshli Uilyams, 87 (E).

Gol: Troy Dini, 77 (1:0).

Gollar: Son Xyon Min, 27 (1:0). Son Xyon Min, 54 (2:0).

Gollar: Ki Sun Yon, 8 (1:0). Mayk van der Xoorn, 32 (2:0). Endi King, 48 (3:0). Andre Ayyu, 63-pen (4:0). Maykl Antonio, 79 (4:1).

Gollar: Joshua King, 35-pen (0:1). Riyod Mahrez, 96+ (1:1).

Gollar: Muhammad Saloh, 40 (1:0). Sadio Mane, 55 (2:0).

4-mart, yakshanba

“Brayton” — “Arsenal” 18:30

“Manchester Siti” — “Chelsi” 21:00

5-mart, dushanba

“Kristal Pelas” — “Manchester Yunayted” 01:00



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют