» » Janubiy Koreyadan vizasiz tashrif buyurgan ilk ishbilarmonlar guruhi Farg‘onada bo‘ldi

Janubiy Koreyadan vizasiz tashrif buyurgan ilk ishbilarmonlar guruhi Farg‘onada bo‘ldi


5-mart kuni Seul – Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovini bajargan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Boeing 767 havo kemasida mamlakatga viza rasmiylashtirmasdan kelgan bir guruh ishbilarmon sayyohlar bilan “Farg‘ona” xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda “Daryo”ga aviakompaniya vakillari ma’lum qildi.

Aeroportda sayyohlarni Farg‘ona viloyati hokimiyati, aviakompaniya va O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xodimlari OAV vakillari bilan birgalikda karnay-surnay sadolari ostida kutib oldi.

Koreya Respublikasi delegatsiyasi rahbari, Evergreen Motors Group kompaniyasi boshlig‘i Chang Keon Kim o‘zbek uchuvchilarining yuksak mahoratini alohida qayd etib, parvozning muvaffaqiyatli kechganini ta’kidladi.

O‘zbekistonga vizasiz to‘rt kunlik safar bilan kelgan sayyohlar avvaliga Farg‘onada joylashgan Qo‘qon ochiq iqtisodiy zonasiga, Indorama Kokand Textile MChJ, UzSungwoo kompaniyasi hamda Qo‘qondagi me’moriy yodgorliklarga tashrif buyurishni rejalashtirishgan. Shuningdek, mehmonlar O‘zbekiston – Koreya biznes-forumida ishtirok etib, ikki davlat o‘rtasida B2B shaklidagi uchrashuvlarni o‘tkazishni ham nazarda tutgan.

Seshanba kuni sayyohlar Farg‘onadan Toshkentga jo‘nab ketadi. Sayohatlarining qolgan ikki kunida poytaxtning diqqatga sazovor joylari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

10-fevralidan boshlab O‘zbekistonda Koreya, Singapur, Turkiya, Isroil, Malayziya, Indoneziya va Yaponiya fuqarolari uchun mamlakatga kirish kunidan boshlab 30 kun davomida vizasiz rejim amal qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют