» » Eski Abu Saxiy va yangi Toshkent savdo markazi haqida ajoyib raqamlar

Eski Abu Saxiy va yangi Toshkent savdo markazi haqida ajoyib raqamlar


Ozbekiston 24 telekanalidagi Axborot 24 informatsion dasturining 6-mart sonida nomi Toshkent sadvo markazi deb ozgartirilgan sobiq Abu Saxiy savdo majmuasi haqida lavha efirga uzatildi. Unda eski majmua va yangi savdo markaz faoliyatiga doir bir qator raqamlar keltirildi.

Abu Saxiy savdo majmuasi faoliyat yuritgan davrda dokonlar ijarasidan tushgan mablag 381 million somni tashkil qilgan bolsa, Toshkent savdo markazi faoliyatini boshlaganidan buyon bu korsatkich 1,9 milliard somga yetgan oradagi farq deyarli besh martaga kop.

Boshqa turdagi ijaralardan tushgan mablag oldin 307 million somni tashkil etgan bolsa, hozirda bu korsatkich 1,3 milliard somga yetgan oradagi farq tort barobarni tashkil etmoqda.

Majmuada reklamalar joylashtiriladigan maydonlar ham kengaytirilgan bolib, undan olinadigan foyda oz emas, kop emas 30 barobarga oshgan (Abu Saxiyda 4 million som bolgan, Toshkent savdo markazida 120 million som).

Avtoturargoh va boshqa xizmat korsatish turlaridan tushadigan daromad ham deyarli ikki barobarga ortgan (Abu Saxiyda 1,2 milliard som bolgan, Toshkent savdo markazida 2 milliard som).

Yuklarni saqlash xonalari ijarasi uchun tushum 70 million somdan 460 million somga, yani, 6,5 barobarga oshgan.

2017-yilda Abu Saxiy savdo markazi faoliyatida bojxona tolovlaridan tushgan foyda 82 milliard somni tashkil etgan bolsa, yaqinda ish boshlagan Toshkent savdo majmuasining bu yonalish boyicha olgan daromadi songgi uch oyning ozida 53 milliard somga yetgan 2018-yil oxiriga qadar olinadigan foyda 212 mililard somga yetishi prognoz qilinmoqda

2018-yilda savdo majmuasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar soni yana 275 ga oshib, jami 2535 nafarni tashkil etmoqda.

20162017-yillar davomida Abu Saxiy savdo majmuasida korsatilgan xizmatlardan olingan 439 milliard som mablag davlat foydasiga tushmay, aksincha, chetga chiqib ketgan.

Joriy yilning otgan ikki oyi davomida eksport natijasida Toshkent savdo majmuasi tomonidan davlat budjetiga 17 million AQShdollaridan ortiq mablag tushirildi. 2018-yilning yakuniga borib, bu korsatkich 80 million dollarga yetishi prognoz qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-03-2018, 17:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
:
-
:
20 ... -