» » Paulo Dibala “Yuventus”ni uzoq kutilgan peshqadamlikka qaytardi. “Milan” esa ko‘tarilishda davom etdi

Paulo Dibala “Yuventus”ni uzoq kutilgan peshqadamlikka qaytardi. “Milan” esa ko‘tarilishda davom etdi


Italiya A seriyasining 28-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Mazkur tur Turinning “Yuventus” klubini va nihoyat peshqadamga aylantirdi.

“Yuventus” ketma-ket olti mavsumdirki chempionlikni hech kimga bermay keladi. Bu safar ular yettinchi chempionlik uchun qadam tashlay oldi. Mazkur turda Paulo Dibalaning dubli jamoaga g‘alaba keltirdi. Jarohatidan yaqindagina forig‘ bo‘lgan argentinalik hujumchi turinliklarning Chempionlar Ligasi chorak finaliga yo‘l olishida ham katta xizmat ko‘rsatgandi.

“Milan” esa A seriyadagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 9 taga yetkazib oldi. Shu seriyaning 7 tasida Gattuzo jamoasi zafar quchishga erishdi va turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarildi. Bu pog‘ona milanliklarga kelasi mavsumni ham Yevropa Ligasida o‘tkazish imkonini beradi.

Mazkur turda ikki klub so‘nggi daqiqalarda gol urgani e’tiborga molik. Birida aynan milanliklar g‘alabani ilib ketgan bo‘lsa, ikkinchisida Rimning “Latsio” klubi mag‘lubiyatdan qochib qolishni uddaladi.

Italiya A seriyasi

28-tur o‘yinlari

11-mart, yakshanba

Gol: Vitor Ugo, 25 (1:0).

Gollar: Paulo Dibala, 20 (1:0). Paulo Dibala, 49 (2:0).

Noaniq penalti: Gonsalo Iguain, 38 (Yu).

Gollar: Marchello Trotta, 6 (1:0). Adrian Stoyan, 23 (2:0). Marchello Trotta, 37 (3:0). Duvan Sapata, 70 (3:1). Matis Silvestre, 85-avt (4:1).

Noaniq penalti: Marchello Trotta, 23 (K).

Gollar: Leonardo Pavoletti, 25 (1:0). Luka Cheppitelli, 35-avt (1:1). Nikolo Barella, 74-pen (2:1). Chiro Immobile, 95+ (2:2).

Gol: Marten de Roon, 83 (0:1).

Gol: Andre Silva, 94+ (0:1).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 09:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют