» » IUT va Google AT-mutaxassislarini tayyorlash masalalarini muhokama qildi

IUT va Google AT-mutaxassislarini tayyorlash masalalarini muhokama qildi


Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va Google korporatsiyasi qo‘shma o‘quv dasturlari va startaplarni qo‘llab-quvvatlash orqali AT-mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qildi, deb xabar beradi universitet matbuot xizmati.

IUT rektori Sarvar Baboxo‘jayev Google’ning Turkiya, Kavkaz va Markaziy Osiyodagi dasturchilari bilan ishlash bo‘yicha rahbari Barish Yesugey bilan muzokaralar o‘tkazdi.

11-mart kuni Barish Yesugey Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi hamda Women Techmakers 2018 International Women’s Day Celebration (IWD) tadbirida ishtirok etdi.

Google vakili O‘zbekistondagi eng yosh universitetlardan birida talabalar va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.

O‘z navbatida, Barish Yesugey O‘zbekistondagi dasturchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish rejalari to‘g‘risida gapirib berdi. Uning qayd etishicha, korporatsiya bo‘linmalari mintaqadagi ishlab chiqaruvchilarga, jumladan, axborot hamda texnik qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga olgan turli xil yordam ko‘rsatmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi asosiy ish Google Developer Groups (GDG) deb ataluvchi yo‘nalishda olib boriladi.

Ta’kidlash lozimki, taxminan ikki hafta oldin GDG Tashkent guruhi tuzilgan edi. Mazkur hamjamiyatning tashkil etilishiga Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari tashabbus ko‘rsatdi. Ushbu guruh O‘zbekistonda AT ta’lim va Google’ning yechimlarini rivojlantirish uchun qator tadbirlarni amalga oshiradi. Barish Yesugey o‘zi va uning jamoasi GDG Tashkent faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi to‘g‘risida gapirdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Google I/O, Women Techmakers, DevFest, Google Launchpad Accelerator va shu kabi turli xil tadbirlarni o‘tkazish orqali AT sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash hamda qizlarni AT-sohasiga jalb etish masalalarini muhokama qildi.

Tomonlar ishchi tartibda hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari bo‘yicha muhokamalarni davom ettirishga kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют