» » Daraxtlar endi gullayotganda Oltiariqda uzum pishdi

Daraxtlar endi gullayotganda Oltiariqda uzum pishdi


Daraxtlar endigina gullayotganda Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanining “Chinortagi”, “Bug‘doychi” va “Uzumchi” mahallalaridagi har bir xonadonga kirib borsangiz, mart oyining iliq kunlarida tokda shig‘il uzum turganining guvohi bo‘lasiz. Bu haqda “Xalq so‘zi” hikoya qilmoqda.

Uzum parvarishlashning hadisini olgan mirishkorlar aprel oyigacha tabiiy usulda uzum saqlashning turli usullarini kashf qilgan.

— Mart oyida tokda uzum turganini ko‘rgani hatto xorijlik sayyohlar ham kelyapti, — deydi “Chinortagi” mahallasida yashovchi mirishkor Abdulbosit Fayzullayev. — Ishonmasdan tokka chiqib o‘z qo‘llari bilan ushlab ko‘rgan chet elliklar ham bo‘ldi. 14 sotixli tomorqada 15 xildan ortiq uzum navlarini parvarishlaymiz. Yil davomida bozorga 5 tonnadan ortiq uzum olib chiqyapmiz. Bu yil tajriba sifatida faqat tokning hovlimizdagi qismini tabiiy issiqxona shakliga keltirdik. Natija yomon emas, uzum tabiiyligicha saqlanishi barobarida mazasini ham yo‘qotmaydi.

Oltiariq tumanida bir paytning o‘zida 31 ming tonna meva-sabzavotni saqlash quvvatiga ega 40 ortiq muzlatgich mavjud. Lekin uzum mevasini tabiiy usulda saqlash ortiqcha energiya va sarf-xarajat talab qilmaydi.

— Qish va bahorgacha hosilni nes-nobut qilmay yetkazishning uch turidan foydalanamiz, — deydi Oltiariq shaharchasidagi Bobur ko‘chasida istiqomat qiluvchi Husanjon G‘ofurov. — Birinchisi qadimiy uslub — uzilgan mevalarni yashikda mo‘’tadil haroratda qorong‘u joyda saqlaymiz. Ikkinchisi, uzib olingan har bir uzum novdasini shakarli suv quyilgan yelim idishlarga solib qo‘yamiz. Uchinchisi, meva tokdan uzilmaydi. Bunda uzum novdasining barglari to‘kilib bo‘lgach, qirovli, sovuq kunlardan saqlash maqsadida atrofi imkon qadar to‘liq o‘rab qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun, Oltiariq tumanidagi aholi ixtiyoridagi mavjud 3411 gektar maydonning asosiy qismida 80 dan ortiq uzum navlari parvarishlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют