» » O‘zbekistonda o‘tgan haftada yuz bergan YTHlarda 125 kishi tan jarohati oldi

O‘zbekistonda o‘tgan haftada yuz bergan YTHlarda 125 kishi tan jarohati oldi


O‘tgan hafta respublika yo‘llarida 133 yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Ularda 125 fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan 90 ming 353 qoidabuzarlik aniqlangan. Jumladan, 1 ming 823 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 14 ming 190 holatda belgilangan tezlik talablari buzilgan, 1 ming 227 nafar haydovchi esa svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasiga amal qilmagan.

Shuningdek, transport vositasining oynalarini me’yoridan ortiqcha qoraytirgan 222, harakat vaqtida telefondan foydalangan 773, xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan 17 ming 358, odam tashish qoidasiga amal qilmagan 13 ming 582 haydovchi to‘xtatilib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют