» » Vest-Poynt akademiyasi o‘qituvchi va kadetlari Qurolli Kuchlar akademiyasi mehmoni bo‘ldi

Vest-Poynt akademiyasi o‘qituvchi va kadetlari Qurolli Kuchlar akademiyasi mehmoni bo‘ldi


O‘zbekiston va AQSh mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik dasturiga binoan mamlakat Qurolli Kuchlar akademiyasiga Vest-Poynt (West Point) akademiyasining bir guruh o‘qituvchi va kadetlari tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Vest-Poynt nomi bilan ham mashhur bo‘lgan AQSh harbiy akademiyasi ushbu mamlakat armiyasining eng qadimiy oliy federal harbiy o‘quv muassasasi hisoblanadi.

Sakkiz kadet va ikki o‘qituvchidan iborat jamoa Qurolli Kuchlar akademiyasi bilan tanishish jarayonini o‘quv dargohining muzeyiga tashrifdan boshladi. U yerdagi ekspozitsiyalardan birida mehmonlar Vest-Poynt to‘g‘risidagi kitobni ko‘rib, hayratlandi.

Qurolli Kuchlar akademiyasining Xitoy xalq ozodlik armiyasi, Bundesver (Germaniya), Janubiy Koreya armiyasiga bag‘ishlangan o‘lkashunoslik sinflari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Kadetlar Qurolli Kuchlar akademiyasining umumqo‘shin fakulteti kursantlari bilan suhbatlashdi. To‘rtinchi kurs kursantlari bilan muloqot qo‘shin tanlash imkoniyati, ofitserlik xizmati bilan bog‘liq mavzuda kechdi.

Kadet Mixail Vonderer kursant Abdurasul Musrepov bilan rus tilida suhbatlashdi, kursant Ahad Ismoilov esa mehmonlarning savollariga ingliz tilida javob berdi. Bir so‘z bilan aytganda, suhbat davomida tarjimonga ehtiyoj sezilmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют