» » Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi ellikka yaqin jinoyat ishini sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi ellikka yaqin jinoyat ishini sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqdi


Jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Toshkent shahar jinoyat, fuqarolik ishlari bo‘yicha hamda ma’muriy va iqtisodiy sudlar raislari Uchtepa tumani aholisi hamda talaba-yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish dolzarb vazifa ekaniga e’tibor qaratildi. Buning uchun sudlarga, vakolatli davlat organlariga murojaat qilish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Aholi bilan ochiq muloqotlar tashkil etilayotgani ularning muammolarini o‘rganish, vaqtida yordam ko‘rsatishda muhim omil bo‘lmoqda.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan tushgan 15 murojaat joyida hal etildi. Ayrim shikoyatlarga o‘rganib chiqish asnosida javob beriladigan bo‘ldi. Fuqarolardan tushgan takliflar yozib olindi.

— Aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish, ularning dardi va takliflarini tinglash, muammolarini qonun doirasida adolatli hal etish maqsadida bizda sayyor sudlar bo‘yicha reja-jadval belgilangan, — deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudi sudyasi Alisher Jalilov. — Har 10 kunda Toshkent shahri tumanlarida sayyor sud va uchrashuvlar olib borilmoqda. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 50 ga yaqin jinoyat ishi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют