» » YeTTB direktorlar kengashi delegatsiyasi 19—23-mart kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

YeTTB direktorlar kengashi delegatsiyasi 19—23-mart kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki direktorlar kengashi delegatsiyasi 19—23-mart kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Tashrif bankning O‘zbekiston uchun o‘rta muddatli strategiyasini tayyorlashning bir qismi hisoblanadi, direktorlarga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashda yordam beradi.

O‘zbekistonda delegatsiya bosh vazir o‘rinbosari Suxrob Xolmurodov, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov, senatorlar Sodiq Safoyev va Alisher Kurmanov, boshqa xalqaro moliya institutlari vakillari va mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan.

Missiya tarkibiga bankning 10 nafar yuqori martabali xodimi kirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют