» » Xitoyda bosh vazirning barcha to‘rt nafar o‘rinbosari almashtirildi

Xitoyda bosh vazirning barcha to‘rt nafar o‘rinbosari almashtirildi


Umumxitoy xalq vakillari yig‘ini mamlakat bosh vazirining barcha to‘rt nafar o‘rinbosari almashtirilishini tasdiqladi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda

Shanxay partiya qo‘mitasining sobiq yetakchisi Xan Chjen Davlat kengashi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinladi. Si Szinpinning bosh iqtisodiy maslahatchisi Lyu Xe, Kompartiya markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi a’zosi Sun Chunlan va Guandun provinsiyasi partiya qo‘mitasining sobiq yetakchi Xu Chunxua ham bosh vazir o‘rinbosarlari etib tasdiqlandi.

Xitoy armiyasi raketa qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni Vey Fenxe mudofaa vaziri lavozimini egalladi. Vazir o‘rinbosari Lyu Kunyaning lavozimi bir pog‘ona o‘sib, moliya vaziri etib tayinlandi. Tashqi ishlar vaziri Van I esa lavozimini saqlab qoldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют