» » Qozog‘iston va O‘zbekiston diniy bayramlarni bir sanada nishonlaydi

Qozog‘iston va O‘zbekiston diniy bayramlarni bir sanada nishonlaydi


Qozog‘iston Musulmonlar diniy boshqarmasi raisi Serikbay xoji Oraz O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida ikki mamlakat diniy bayramlari yuzasidan umumiy fatvo chiqarish haqidagi hujjatni imzoladi, deb yozadi “Kazinform”.

Rasmiy tashrif davomida Oliy muftiy Serikbay xoji Satibaldiuli va O‘zbekiston Musulmonlar diniy idorasi raisi Usmonxon xoji Alimovning ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda diniy bayramlarni bir xil sanada nishonlash masalasi muhokama qilindi.

Ikki tomonlama uchrashuv yakunlari bo‘yicha memorandum imzolandi.

“Tomonlar diniy bayramlarni Hijra, ya’ni musulmon oy taqvimi bo‘yicha nishonlash, shuningdek, zamonaviy aktual diniy masalalar bo‘yicha umumiy qaror, fatvolar chiqarishi shart”, — deyiladi memorandum matnida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют