» » Silikon vodiysida Uzbekistan Work Space hududi ochiladi

Silikon vodiysida Uzbekistan Work Space hududi ochiladi


Endi AQShning Openbuck kompaniyasi asoschisi Mark Rochman Silikon vodiysida O‘zbekiston axborot texnologiyalari manfaatlarini himoya qiladi. Amerikalik biznesmen, elektron tijorat sohasi ekspertining O‘zbekistonga 9 kunlik tashrifi davomida ushbu masala bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mark Rochmanga maxsus sertifikat bilan tasdiqlangan Silikon vodiysi va jahon axborot texnologiyalari hamjamiyatida MUIC elchisi maqomi berildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tashrif davomida mutaxassis O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yagona integrator, Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Mirzo Ulugbek Innovation Center innovatsiya markazi hamda qator mahalliy kompaniyalarda bo‘ldi. Mamlakatimiz mutaxassislari bilan suhbatda ekspert axborot texnologiyalari sohasini yanada taraqqiy ettirish bo‘yicha yurtimizda mavjud imkoniyatlardan foydalanishga doir shaxsiy tajribasi, kuzatuvlari va g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdi.

Silicon Valley Talks loyihasi doirasida Mark Rochman Toshkent shahridagi Inha universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning Samarqanddagi filiali talabalariga ma’ruzalar o‘qidi. O‘zbekistondagi yuzlab bo‘lajak IT-sohasi mutaxassislari xorijlik ekspertga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish va innovatsion g‘oyalarini amalga oshirishga oid fikrini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, mehmon Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Mirzo Ulugbek Innovation Center innovatsiya markazining Silikon vodiysi va jahon IT-hamjamiyatidagi elchisi sifatida MUIC vakillarini AQShda qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi. Tez orada kompaniyaning Kaliforniyadagi ofisida Uzbekistan Work Space hududi ish boshlaydi, o‘zbekistonlik mutaxassislar Silikon vodiysiga xizmat safari doirasida bu yerda ishlash imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. Shuningdek, biznesmen Openbuck kompaniyasi hamkorlari va mijozlaridan iborat xorijiy kompaniyalarni O‘zbekistonda ishlashga jalb qilish, O‘zbekistonni xalqaro to‘lov tizimlari va savdo maydonchalarining ruxsat etilgan ro‘yxatiga kiritishda yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют