» » O‘zbekistonda aholi ko‘rsatilgan xizmatlarni smayliklar orqali baholashi mumkin bo‘lgan terminallar joriy qilinadi

O‘zbekistonda aholi ko‘rsatilgan xizmatlarni smayliklar orqali baholashi mumkin bo‘lgan terminallar joriy qilinadi


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi aholiga xizmat ko‘rsatuvchi barcha tashkilotlar va kompaniyalarga ClickSmile teskari aloqa terminallarini o‘rnatishni tavsiya qilmoqda, deb yozadi Spot.

Xususan, gap davlat muassasalari va yagona darcha xizmatlari, aeroportlar, vokzal va avtovokzallar, bojxona va chegara postlari, mehmonxona va restoranlar, servis markazlar, ommabop sayyohlik obidalari va boshqa joylar haqida bormoqda.

“Bitta tugmani bosish bilan bir yo‘la ikkita vazifa — mijozning fikrini bilish istagi hamda joriy muammolarni tahlil qilib, ularni bartaraf etish uchun statistika to‘plash — hal etiladi. Ular mijozga tezkor va oson tarzda anonim fikr qoldirish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.

Terminallar odamlarga ko‘rsatilgan xizmatni to‘rtta his-tuyg‘u yordamida baholashga imkon beradi, bular:

Yagona terminal har kuni minglab anonim reaksiyalarni qayd etadi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bunday terminallarni O‘zbekistonda ishlab chiqarish masalasini ko‘rib chiqmoqda, mahalliy kompaniyalar bilan muzokaralar allaqachon boshlab yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют