» » Qo‘shrabotlik fermerlar Prezidentga aytgan masala hal etildi

Qo‘shrabotlik fermerlar Prezidentga aytgan masala hal etildi


Qo‘shrabot tumanidagi “Agroservis MTP” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga imtiyozli kredit asosida “Belarus-1523”, New Holland, U-62, LNS-100 rusumidagi haydov hamda bog‘ oralariga ishlov beruvchi traktorlar va 6 dona tirkama berildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev 17­–18-mart kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish yuzasidan tadbirkor va fermerlar, faollarning fikrlari, muammo va takliflarini eshitgan edi.

“O‘sha yig‘ilishda davlatimiz rahbariga tumanimizdagi fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, aholi tomorqa yerlarida sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda fermer va dehqon xo‘jaliklarini imtiyozli shartlarda qishloq xo‘jalik texnikalari bilan ta’minlash yuzasidan taklif bildirgan edim, — deydi Qo‘shrabot tumanida qishloq xo‘jalik sohasida faoliyat yuritgan mehnat faxriysi Baxtiyor Bo‘taboyev. — Prezidentimiz bu taklifimni qo‘llab-quvvatlab, yordam berishlarini bildirgandilar. Mana oradan 11–12 kun o‘tib, tumanimizga 14 ta zamonaviy texnika keltirildi. Bundan tumanimiz xalqi benihoya xursand. Ming rahmat Prezidentimizga”.

Qo‘shrabotlik fermerlar bu imkoniyatdan foydalanib, tumanda meva-sabzavot yetishtirishni ko‘paytirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini kengaytirish bo‘yicha fikrlashib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют