» » Jurnalistlar faoliyatiga tosqinlik qilgan sobiq Abu-Saxiy bozori xodimlari ishdan boshatildi

Jurnalistlar faoliyatiga tosqinlik qilgan sobiq Abu-Saxiy bozori xodimlari ishdan boshatildi


Toshkent savdo markazi (sobiq Abu-Saxiy bozori) bosh direktori Alisher Husainov va Kun.uz xodimlari ishtirokida 28-mart kuni bozor hududida nashr muxbirlari faoliyatiga tosqinlik qilingani holati yuzasidan suhbat uyushtirildi.

Bosh direktor mazkur voqeadan bexabar ekanligi va yuzaga kelgan kongilsiz voqea uchun uzr sorab, xizmat tekshiruvi otkazishga buyruq berishi haqida malum qildi.

30-mart kuni esa xizmat tekshiruvi jarayonida korxonaning ayrim xodimlari tomonidan elektron OAV vakillariga nisbatan nomunosib hatti-harakatlar sodir etilganligi aniqlandi.

Tekshiruv xulosasiga asosan tezkor ishlar va rejim nazorati boshligi orinbosari T.Idrisaliyev, infrastrukturadan foydalanganlik hamda bino va inshootlarning ijarasi uchun tolovlar nazorati bolimi menejerlari R.Hotamov, M.Sharipov va B.Jorayev, shuningdek savdo markazi xavfsizlik xizmati rahbari vazifasini bajarib turgan videokuzatuv xizmati katta operatori B.Sayidov egallab turgan lavozimlaridan ozod qilinib, ishdan boshatildi.

Shuningdek, korxonaning infrastrukturadan foydalanganlik hamda bino va inshootlarning ijarasi uchun tolovlar nazorati bolimi boshligi A.E.Ahmedov, xavfsizlikni taminlash boyicha xizmat boshligi U.Rahimov va boshqa bir qator xodimlar qattiq ogohlantirildi.

Bosh direktorning birinchi orinbosariga bu kabi holatlarga yol qoymaslik choralarini korish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (1-04-2018, 09:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -