» » Toshkent hokimligi tibbiyot xodimlarining jamoatchilik ishlariga jalb qilingani yuzasidan raddiya berdi

Toshkent hokimligi tibbiyot xodimlarining jamoatchilik ishlariga jalb qilingani yuzasidan raddiya berdi


Toshkent shahar hokimligi “Shavkat Mirziyoyevning tashrifi oldidan toshkentlik tibbiyot xodimlarining xiyobonni tozalashga” majbur qilingani haqida xorij OAVlarida paydo bo‘lgan axborot yuzasidan raddiya berdi.

Internetda tarqalgan xabarda tibbiyot xodimlari kechgacha ishlashga majbur qilingani, shuningdek, ular allaqaysi xayriya jamg‘armasi uchun 13 million so‘m mablag‘ yig‘ib berishi kerakligi aytilgandi.

Hokimlik axborot xizmati 2-bolalar jarrohlik kasalxonasi bosh shifokori Doniyor Sobirovga murojaat qilganida, haqiqatan ham turli tibbiy muassasalardan xodimlar “Ashxobod” bog‘ini emas, balki Yashnobod tuman markaziy poliklinikasi hududini tozalash bo‘yicha tadbirlarga jalb etilgani ma’lum bo‘ldi. Obodonlashtirish ishlari poliklinika hududida o‘tkaziladigan Sumalak tadbiriga tayyorgarlik doirasida olib borilgan.

Shuningdek, tibbiyot xodimlaridan vaqti-vaqti bilan qandaydir jamg‘armalarga pul mablag‘lari yig‘ib olinishi haqidagi ma’lumot ham tasdiqlanmadi.

Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbari Ulug‘bek Egamberdiyev aytishicha, respublika davlat muassasalari ishchilarining bir kunlik ish haqini ushlab qolish Vazirlar Mahkamasining har yillik farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi.

Bir kunlik maoshining ko‘chirilishidan bosh tortgan ishchilardan pul ushlab qolinmaydi. To‘plangan mablag‘ “Mahalla” jamg‘armasiga o‘tkaziladi, u esa pullarni xayriya maqsadlariga yo‘naltiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют