» » Xalqaro migratsiya tashkiloti bosh direktori bilan uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga qo‘shilishi masalasi muhokama qilindi

Xalqaro migratsiya tashkiloti bosh direktori bilan uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga qo‘shilishi masalasi muhokama qilindi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) bosh direktori Uilyam Sving boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda XMTning Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy muvofiqlashtiruvchisi Deyan Keserovich, Markaziy Osiyo bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi ofisining O‘zbekiston bilan aloqalar bo‘yicha dasturiy xodimi S.Toshboyev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda migrantlarga yordam ko‘rsatish, migratsiya oqimini tartibga solishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston bilan XMT o‘rtasidagi munosabatlar muhokama qilindi. O‘zbekistonda 2016-yildan buyon odam savdosi va ekstremizmga qarshi kurashish sohalarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Tadbirda O‘zbekistonga XMTga qo‘shilish masalasi bo‘yicha fikr almashildi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro tashkilot a’zosi bo‘lmagan holda, XMT tomonidan o‘tkazilayotgan loyihalarda faol ishtirok etmoqda. XMTga a’zo bo‘lish mamlakatga tashkilotga a’zo davlatlar bilan hamkorlik qilish uchun keng salohiyatga ega bo‘lish imkonini beradi.

XMT bosh direktori bugungi kunda mazkur nufuzli tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha huquqiy asos tayyorlanayotgani to‘g‘risida xabardor qilindi. O‘z navbatida, Uilyam Sving O‘zbekistonni tashkilotga qabul qilish bo‘yicha har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

XMT delegatsiyasi, shuningdek, qator vazirlik va idoralarda ham muzokaralar o‘tkazdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют