» » Putin Suriyada IShID terrorchilik tashkiloti tor-mor qilinganini aytdi

Putin Suriyada IShID terrorchilik tashkiloti tor-mor qilinganini aytdi


Suriyadagi IShID terrorchilik tashkiloti tor-mor qilindi, deya ma’lum qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Bu yil bizning diqqat markazimizda butun xalqaro hamjamiyat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mavzu turibdi, bu — IShID Suriyada tor-mor qilingach, Yaqin Sharqdagi vaziyatning rivojlanish istiqbollari”, — dedi Putin xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llangan nutqida. Nutqni Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev o‘qib eshittirdi.

Ushbu konferensiyada Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Suriya hududining katta qismi ozod etilgani, qolgan qismi bilan qurolni tashlash bo‘yicha batafsil muzokaralar olib borilayotganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, soxta xalifalik tuzish rejalari barbod qilingan.

“Bizning kuchlarimiz koalitsiya bilan birlashtirilganida, mintaqadagi IShID masalasi ertaroq hamda kamroq talafotlar bilan bartaraf etilgan bo‘lardi”, — dedi mudofaa vaziri.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют