» » Amerikada uxlayotgan bolalarni polga uloqtirgan tarbiyachilar hibsga olindi

Amerikada uxlayotgan bolalarni polga uloqtirgan tarbiyachilar hibsga olindi


Amerikaning Janubiy Dakota shtatidagi bolalar bog‘chasida yosh bolalarning ustidan kulgan ikki tarbiyachi qo‘lga olindi. Bu haqda New York Post xabar bermoqda.

Surishtiruv fevral oyi oxirida Su-Folsdagi bolalar bog‘chasidagi tarbiyalanuvchilardan biri ota-onasiga zo‘ravonlikdan shikoyat qilgandan so‘ng boshlangan. Politsiyachilar kuzatuv kameralaridagi videoni ko‘zdan kechirdi.

Aniqlanishicha, 31 yoshli Tereza Gallaxer va 22 yoshli Kenedi Vendt kunduzi uxlayotgan bolalarga hujum qilgan. Ular bolalarni ko‘tarib, ularni polga uloqtirgan. Ayollar, shuningdek, ularni oyog‘i bilan bosib, tarbiyalanuvchilarning boshiga urgan, ba’zan esa qo‘llaridan yuqoriga keskin tortgan. Jabrlanuvchilarning barchasi uch yoki to‘rt yoshda bo‘lgan. Bu ularning sog‘lig‘iga qanday ta’sir qilganligi xabar qilinmadi.

Xodimlar 30-mart kuni hibsga olingan. Gallaxer va Vendt 25 ta zo‘ravonlik va voyaga yetmaganlarga nisbatan shafqatsizlik holatida ayblanmoqda. Ularga qanday jazo qo‘llanishi ma’lum qilinmagan. Bolalar bog‘chasi tarbiyachilari ishdan bo‘shatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют