» » Afg‘onistonlik talabalar TATU va Inha universitetlarida tahsil olishi mumkin

Afg‘onistonlik talabalar TATU va Inha universitetlarida tahsil olishi mumkin


O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Afg‘oniston Kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vazirligi 2-aprel kuni Toshkentda strategik hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Hujjat ostiga O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev va Afg‘oniston kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vaziri Shahzod Gul Aryobiy imzo qo‘ydi.

Memorandumdan ko‘zlangan maqsad — telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari va pochta xizmati sohalaridagi tajriba almashuv va hamkorlikni kengaytirish.

Vazirlar yuqori tezlikka ega aloqa tranzit kanallarini yo‘lga qo‘yish, ikki mamlakat aloqa operatorlari o‘rtasida xalqaro telefon trafigi hajmining oshirilishi, yuqori tezlikda internetga ulanish, kadrlar tayyorlash va boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlikni rivojlantirishga doir masalalarni ham ko‘rib chiqdi. O‘zbekiston orqali Markaziy Osiyoga pochta tranziti to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, “O‘zbektelekom” va Afghan Telecom Corporation kompaniyalari o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Tomonlar xalqaro aloqa xizmatlari ta’minlanishida mamlakatlarning ehtiyojlari tahlilini o‘tkazishni mo‘ljallamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют