» » DXX Qo‘qonda qiymati 36 ming dollarlik psixotrop moddalarni musodara qildi

DXX Qo‘qonda qiymati 36 ming dollarlik psixotrop moddalarni musodara qildi


Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida umumiy qiymati 290 million so‘mdan (36 ming dollarga yaqin) ortiq bo‘lgan psixotrop moddalarni musodara qildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanaliga tayanib, “Sputnik” xabar berdi.

Telekanalda namoyish etilgan ko‘rsatuvda aytilishicha, DXX Bosh prokuratura xodimlari bilan birgalikda taqiqlangan dori vositalarini saqlash va sotish bilan shug‘ullangan Qo‘qondagi to‘rt nafar fuqaroning faoliyatiga chek qo‘ygan.

“O‘tkazilgan maxsus tadbir davomida 1252 quti ‘Lirika’ hamda 43,7 ming dona ‘Tramadol’ dori vositalari musodara qilingan. Yuqorida nomi keltirilgan dori vositalarining umumiy qiymati 290 million so‘mdan ortiqni tashkil etadi”, — deyiladi xabarda. Dori vositalari gumonlanuvchilarga tegishli avtomobillar tekshirilganida, shuningdek, qo‘lga olinganlardan birining uyida tintuv o‘tkazilganida aniqlangan.

Qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют