» » Irkutskda politsiyachiga pora berishga uringan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Irkutskda politsiyachiga pora berishga uringan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Rossiyaning Irkutsk viloyatida politsiya xodimiga pora berishga uringan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb yozadi “Mangazeya” axborot agentligi.

Ma’lum bo‘lishicha, 24-mart kuni Irkutsk xalqaro aeroporti aerovokzali binosidagi kirish nazorati punktida transport politsiyasi ushbu O‘zbekiston fuqarosining u bilan birga yetib kelgan qarindoshi Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turish rejimini buzganligini aniqlagan va ma’muriy javobgarlikka jalb qilmoqchi bo‘lgan.

Ammo O‘zbekiston fuqarosi politsiya xodimiga 1000 rubl miqdorida pora berishga uringan. Xodim pora olishdan bosh tortgan. Baykal-Angar transport prokuraturasi unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tekshiruvi ustidan nazorat o‘rnatdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют