» » Jizzaxda firma rahbari texnika olib beraman deb fuqarolarning 128 mln so‘m pulini yo‘q qildi

Jizzaxda firma rahbari texnika olib beraman deb fuqarolarning 128 mln so‘m pulini yo‘q qildi


Jizzax shahrida maishiy texnika olib berish va’dasi bilan fuqarolarning ko‘p million so‘mlik pullarini o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborgan shaxs ushlandi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, Jizzax shahridagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining raisi Oqqo‘rg‘onlik mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning ishonchiga kirib, televizor, muzlatkich, kir yuvish mashinasi, elektr pechlar olib berish va’dasi bilan jami 128 450 000 so‘m pulni olgan va ularni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

“Mazkur holatga chek qo‘yish maqsadida Jizzax shahar Sangzor mahallasida istiqomat qiluvchi ayol huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat qildi. Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi viloyat IIB axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 22:35)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют