» » Toshkentdagi ishlamayotgan dorixonadan 46 mln so‘mlik “Lirika” topildi

Toshkentdagi ishlamayotgan dorixonadan 46 mln so‘mlik “Lirika” topildi


Davlat bojxona qo‘mitasining kontrabandaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi xodimlari narkotik moddalar va psixofaol dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga doir yirik qonunbuzarlik holatini fosh qildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahri hududida joylashgan dorixonalardan biri aslida ta’mirlash uchun yopilgan bo‘lishiga qaramay, fuqarolar A.S., J.B., va A.X. tomonidan “Lirika” dori vositasi saqlanayotganligi va ularning noqonuniy savdosi amalga oshirilayotganligi fosh bo‘ldi.

Dorixonada hamda ushbu shaxslarga tegishli avtotransport vositalarida sotish uchun mo‘ljallangan, qiymati 46 million so‘mdan ziyod bo‘lgan 2 305 dona shu nomdagi dori vositalari, ularning noqonuniy savdosidan topilgan salkam 6,5 million so‘m va 294 dollar borligi aniqlandi.

Shuningdek, dorixona hojatxonasidagi yuvinish chanog‘i ortiga kupyuraga o‘ralgan holda marixuana giyohvandlik vositasi yashirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvi va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2018, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют