» » Toshkentda xalqaro harbiy hamkorlik loyihasi doirasida seminar-treninglar o‘tkazildi

Toshkentda xalqaro harbiy hamkorlik loyihasi doirasida seminar-treninglar o‘tkazildi


O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida Ozarbayjon armiyasi mutaxassislari tomonidan soha mutaxassislari, pedagoglar uchun seminar-treninglar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur mashg‘ulot xalqaro harbiy hamkorlik loyihasi doirasida tashkil etildi. O‘quv-kurslari Ozarbayjon armiyasi vakillari — general-mayor Mamadov Valif Mammad o‘g‘li, professor Allaxyarova Taxira Bekir qizi, Jefarov Geydar Allahyor o‘g‘li, Maxmuradov Agil Shavkat o‘g‘li kabi mutaxassislar tomonidan olib borildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston rahbari 2017-yil yanvar oyida Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida bo‘lib, ushbu bilim yurti negizida mutlaqo yangi Qurolli Kuchlar akademiyasini tashkil etish yuzasidan topshiriqlar bergan edi. Prezidentning 2017-yil 25-apreldagi qaroriga asosan, Qurolli Kuchlar akademiyasi faoliyati qayta tashkil etildi.

Bir hafta davom etgan nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari qizg‘in savol-javoblarga, taassurotlarga boy bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 41) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют